Koronavirus effekti: O‘zbekiston 5 kun ichida nimalarga ulgurdi?

Tahlil 178
image
O‘zbekistonda joriy yilning 15 mart kuni koronavirus bilan bog‘lik ilk holat qayd etildi va shu kuniyoq O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasi majlisi o‘tkazilib, barcha ma’lumotlar ochiq-oydin xalqqa yetkazildi. Ayni vaqtda kasallanganlar soni 33 nafarni tashkil etmoqda. Mamlakatda jami 16 ming kishi karantinga olindi. 
O‘zbekistonga bu virus kirib kelgunga qadar dunyoning 150 ga yaqin mamlakatlariga tarqalishga ulgurgan edi va o‘tgan uch oy mobaynida O‘zbekiston barcha kerakli choralarni ko‘rdi, jahon tajribasini o‘rgandi. Quyida esa so‘nggi besh kunda ko‘rilgan choralar haqida so‘z yuritamiz. 
15 mart:
-    Dunyoning deyarli barcha davlatlariga kirib kelgan koronavirusning O‘zbekistonga ham kirib kelgani xabar qilindi;
-     Bosh vazir Abdulla Aripov holat bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi va qilinishi lozim bo‘lgan vazifalarni belgiladi.
-    O‘zbekistonda barcha ommaviy tadbirlar, shu jumladan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida Navro‘z umumxalq bayramlarini o‘tkazish taqiqlandi.  
16 mart:
-    O‘zbekiston boshqa davlatlar bilan aviaqatnovlar va avtobus uchun to‘liq taqiq qo‘ydi;
-    Davlat va nodavlat tashkilotlarda yig‘ilish va majlislar o‘tkazish taqiqlandi;
-    Davlat tashkilotlarida fuqarolarni qabul qilishning virtual usuli yo‘lga qo‘yildi;
-    Vazirlik va idoralar xodimlarining xizmat safarlariga chiqishi cheklandi;
-    O‘zbekistonda mulkchilik shaklidan qat’i nazar barcha maktabgacha ta’lim muassasalari, maktablar, kollej va texnikumlar, oliy ta’lim muassasalari karantinga yopildi;
-    Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi O‘zbekistondagi barcha nodavlat ta’lim tashkilotlarining o‘quvchi, talaba va o‘rganuvchilariga ta’til berishni tavsiya qildi;
-    O‘zbekiston musulmonlar idorasi raisi-muftiy Usmonxon Alimov o‘zbekistonlik musulmonlarga murojaat bilan chiqib, vaziyatni tushuntirdi. Namozlarni karantin vaqtida uyda o‘qib turish fatvosi berildi;
-    Charter reys bilan Eron va Latviya davlatidan 200 nafardan ziyod fuqarolar O‘zbekistonga qaytarildi;
-    Eronga insonparvarlik yordami  jo‘natildi.
17 mart:
-    Respublika maxsus komissiyasi qaroriga ko‘ra, sayyohlik kompaniyalari, jamoat tashkilotlari va yirik sanoat korxonalariga mamlakatda koronavirus tarqalishi bilan bog‘liq vaziyat barqaror holatga kelgunga qadar ichki turizmni rivojlantirishga doir tadbirlarni to‘xtatish tavsiya etildi;
-    Respublika hududida o‘tkazilishi rejalashtirilgan barcha turdagi ommaviy bayram tadbirlari, xalqaro tadbirlar va sport musobaqalari, teatr, kino va konsert dasturlari vaqtincha to‘xtatildi;
-    Hukumat O‘zbekistondagi xorij fuqarolarini ham unutmadi. Muddati kelgan chet elliklarning viza muddatini 10 aprelga qadar uzaytirdi.
18 mart:
-    O‘zbekistondagi barcha maktablarda o‘qituvchilar ta’tilga chiqdi. Ta’til faqat o‘qituvchilarga taalluqli bo‘ldi. Maktab direktori, direktor o‘rinbosari, xo‘jalik mudiri, psixolog, farrosh va qorovul bu davrda maktabda bo‘lishi belgilandi;
-    Misrdan charter reys bilan 177 nafar fuqarolar olib kelindi;
-    O‘zbekistondagi barcha umumta’lim maktab o‘quvchilari uchun ta’til rasman e’lon qilindi;
-    Ta’til vaqtida o‘quvchilarning bilim olishlari uchun “Oilaviy”, “Ma’rifat va madaniyat”, “Dunyo bo‘ylab” va “Yoshlar” telekanallarida 30 martdan boshlab videodarslar namoyish etib borilishi rejalashtirildi;
19 mart:
-    Prezident raisligida koronavirus pandemiyasining aholi turmush darajasi va iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta’sirini yumshatish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi;
-    Inqirozga qarshi jamg‘arma tuzilib, unda 10 trillion so‘m shakllantirilishi aytildi;
-    Koronavirusga qarshi kurashish ishlariga qariyb 5,5 ming nafar tibbiyot xodimi jalb etilgani aytildi. Ularni moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlab, oylik maoshiga qo‘shimcha 120 foiz ustama to‘lash bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi;
-    Koronavirus ta’siri eng yuqori bo‘lgan iqtisodiyot tarmoqlariga soliq ta’tillari va kredit qarzlari bo‘yicha imtiyozlar berish, byudjet ssudalari ajratish yuzasidan vazifalar belgilandi;
-    Hokimlarga iqtisodiy qiyinchilikka duch kelgan korxonalardan mahalliy soliqlarni undirishni 6 oygaча kechiktirish vakolati berilishi ko‘rsatildi;
-    yakka tartibdagi tadbirkorlarning daromad solig‘i, fermerlarning suv solig‘i 50 foizga kamaytiriladi. Bunda mahalliy byudjetdagi yo‘qotishlar respublika byudjetidan qoplab beriladigan bo‘ldi;
-    Yil yakuniga qadar soliq tekshiruvlariga moratoriy e’lon qilinadi va qiynalgan korxonalarga soliq qarzlari uchun penya hisoblash to‘xtatiladi. Bunday qiyin sharoitda tadbirkorni birorta tekshiruvchi bezovta qilmaydi;
-    Xalqaro savdodagi vaziyatni inobatga olib, eksport-import bo‘yicha kechiktirilgan qarzdorlikka jarima qo‘llamaslik, “yashil yo‘lak”lardan mahsulot o‘tkazishni ko‘paytirish, yuk tashishda yuzaga kelayotgan masalalarni operativ hal etib borish bo‘yicha topshiriqlar berildi;
-    Karantinga yopilgan muassasalar xodimlari, karantindagi fuqarolar va ularga qarovchilarning huquqlarini ta’minlash, ijtimoiy nafaqa oluvchilar sonini kamida 10 foizga yoki 60 mingтаga oshirish bo‘yicha vazifalar qo‘yildi;
-    Inqirozga qarshi jamg‘armadan Jamoat ishlari jamg‘armasiga qo‘shimcha 200 milliard so‘m ajratiladi. Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasiga 500 milliard so‘m qo‘shimcha mablag‘ berilib, ish o‘rinlari yaratadigan biznes sub’ektlarga ko‘maklashiladi;
-    karantindagi farzandlariga qarayotgan ota-onalarni ishdan bo‘shatishga mutlaqo yo‘l qo‘yilmaydi. Ularga vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasi yuz foiz to‘lab beriladi;
-    bog‘cha tarbiyalanuvchilari va boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ota-onalariga belgilangan rejadan qat’i nazar yillik mehnat ta’tili navbatdan tashqari beriladi;
-    karantin davrida zaruriyat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmaslik buyurildi.
Koronavirus kasalligi 2019 yilning dekabr oyida Xitoyning Uxan shahrida aniqlangandi. Joriy yilning 1 fevral kuniyoq O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning yangi turi kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasini tashkil etish to‘g‘risida”gi farmoyishi qabul qilindi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev ham mamlakatda yetarli darajada zaxira mavjudligi, xavotir yoki vahimaga tushishga hech qanday asos yo‘qligini bir necha marta alohida ta’kidladi. Ko‘pga kelgan bu baloga qarshi hamma birgalikda, bir yoqadan bosh chiqarib harakat qilishi lozimligini aytdi. Yuqoridagilarga qaraydigan bo‘lsak, 5 kun ichida davlat o‘z oldidagi vazifalarni imkon qadar uddaladi va bunda davom etmoqda. Qolgani esa xalqning irodasi, qanchalik xalq bo‘lib jipslashishi, harakat qilishi, sabr-toqat bilan aytilgan tavsiyalarni vaqtida bajarishiga bog‘liq. Ayni vaqtda xalq davlatga, davlat esa xalqiga har doimgidan ham ko‘proq g‘amxo‘r bo‘lishi talab etiladi.  
Xabarlar.Uz Tahririyati
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 178
Reyting: 0
AQSHda koronavirus vaksinasining dastlabki sinov natijalari e’lon qilindi AQSHda koronavirus vaksinasining dastlabki sinov natijalari e’lon qilindi Koronavirusning og‘ir shakli qanday namoyon bo‘ladi? Koronavirusning og‘ir shakli qanday namoyon bo‘ladi? Xitoy yana COVID-19 epidemiyasiga giriftor bo‘lishi mumkin Xitoy yana COVID-19 epidemiyasiga giriftor bo‘lishi mumkin Koronavirus «yosharyapti». Qozog‘istonda 4 oylik go‘dak infeksiyani yuqtirib oldi Koronavirus «yosharyapti». Qozog‘istonda 4 oylik go‘dak infeksiyani yuqtirib oldi Himoya niqoblaridan to‘g‘ri foydalanish bo‘yicha tavsiyalar Himoya niqoblaridan to‘g‘ri foydalanish bo‘yicha tavsiyalar Koronavirus atrofida: “qora o‘lat”, pandemiya nazoratini kuch ishlatar tizimlarga berish to‘g‘rimi? Koronavirus atrofida: “qora o‘lat”, pandemiya nazoratini kuch ishlatar tizimlarga berish to‘g‘rimi? Mirziyoyev Alisher Usmonovga va navoiylik tadbirkorga minnatdorlik bildirdi Mirziyoyev Alisher Usmonovga va navoiylik tadbirkorga minnatdorlik bildirdi Karantindan qochmoqchi bo‘lgan yana bir shaxs ushlandi. Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atiladi Karantindan qochmoqchi bo‘lgan yana bir shaxs ushlandi. Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atiladi Olimpiada o‘yinlari o‘tadigan aniq sana belgilandi Olimpiada o‘yinlari o‘tadigan aniq sana belgilandi Karantin qoidalarini buzgan shaxslar 8 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin Karantin qoidalarini buzgan shaxslar 8 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin RFdagi elchixona aeroportda qolayotgan o‘zbekistonliklar haqida ma’lumot berdi RFdagi elchixona aeroportda qolayotgan o‘zbekistonliklar haqida ma’lumot berdi Donald Tramp Shavkat Mirziyoyevni Navro‘z bilan tabrikladi Donald Tramp Shavkat Mirziyoyevni Navro‘z bilan tabrikladi Karantin vaqtida tadbirkorlar va iqtisodiyot tarmoqlariga qo‘shimcha yengilliklar berildi Karantin vaqtida tadbirkorlar va iqtisodiyot tarmoqlariga qo‘shimcha yengilliklar berildi Amerikada teleboshlovchi koronavirus haqida gapirayotganida yig‘lab yubordi Amerikada teleboshlovchi koronavirus haqida gapirayotganida yig‘lab yubordi Ko‘chaga chiqishi ma’n etiladi — Prezident Ko‘chaga chiqishi ma’n etiladi — Prezident Konor Makgregor: “Habib qo‘rqoqlik qildi va Toniga qarshi jangdan bosh tortdi” Konor Makgregor: “Habib qo‘rqoqlik qildi va Toniga qarshi jangdan bosh tortdi” Koronavirus effekti: O‘zbekiston 5 kun ichida nimalarga ulgurdi? Koronavirus effekti: O‘zbekiston 5 kun ichida nimalarga ulgurdi? Juftlik 65 yil birga yashab bir kunda koronavirusdan vafot etdi Juftlik 65 yil birga yashab bir kunda koronavirusdan vafot etdi UFC’dan keyin Bellator ham 3 musobaqasini qoldirdi UFC’dan keyin Bellator ham 3 musobaqasini qoldirdi Andijon yuqumli kasalliklar shifoxonasiga eski himoya kiyimlari berilgani haqidagi murojaatga SSV munosabat bildirdi Andijon yuqumli kasalliklar shifoxonasiga eski himoya kiyimlari berilgani haqidagi murojaatga SSV munosabat bildirdi
admin от 20 марта 2020 17:59
yhtyhrhytrht
Добавить комментарий

Оставить комментарий

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
t
×