Dunyoning holiga boq: Koronavirus yuqtirib olganlar 3 mlndan oshdi

Olam 252
image
Bugun, 27 aprel kuni dunyoda koronavirus infeksiyasiga chalinganlar soni 3 mlndan oshib, 3 002 303 taga yetdi. Virus qurbonlari 208 131 nafarni tashkil etyapti, 878 813 kishi kasallikdan forig‘ bo‘lgan. 
Virus taqralishi bo‘yicha AQSH mutlaq yetakchilik qilyapti. Mamlakatda 972 969 kishi koronavirus yuqtirgan. Ularning 55 118 nafari yoki bemorlarning 5,6 fioizi vafot etgan va 107 226 nafari yoki 11 foizi davolangan. Mamlakatda mavjud bemorlar 810 625 kishi. 
Koronavirus tarqalishi bo‘yicha ikkinchi o‘rinda Ispaniya ketyapti. Mamlakatda 229 422 kishida koronavirus aniqlangan. Shundan 120 832 nafari yoki 52,6 foizi davolangan, 23 521 kishi yoki 10,2 foizi halok bo‘lgan. Mamlakatda mavjud bemorlar soni 85 069 kishini tashkil etmoqda. 
Yevropada koronavirus o‘chog‘i bo‘lgan Italiyada 199 414 kishida koronavirus aniqlangan. Ulardan 26 977 nafari yoki 13,5 foizi qurbon bo‘ldi, 66 624 kishi yoki 33,4 foizi kasallikdan forig‘ bo‘ldi. Mamlakatda mavjud bemorlar soni 105 813 nafar. 
Fransiya COVID-19 infeksiyasining tarqalish ko‘lami bo‘yicha to‘rtinchi o‘rinda boryapti. Mamlakatda 162 220 kishida koronavirus aniqlangan. Ularning 22 890 nafari yoki 14,1 foizi vafot etgan va 45 683 nafari yoki 28,1 foizi davolangan. Mavjud bermorlar 93 647 nafar. 
Koronavirus tarqalishi bo‘yicha dastlabki beshtalikni germaniya yakunlab bergan. Bugungacha Germaniyada 158 142 kishi koronavirus yuqtirgan. Ularning 5 985 nafari yoki 3,7 foizi vafot etgan va 114 500 nafari yoki 72,4 foizi davolangan. Mavjud bemorlar 37 657 nafar. 
Koronavirus tarqalishi bo‘yicha keyingi beshtalikdan Buyuk Britaniya (154 038), Turkiya (110 130), Eron (91 472), Rossiya (87 147) va Xitoy (83 912) joy olgan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Ayni vaqtda bemorlar soni 1904 nafarni tashkil etmoqda. Bugungacha bemorlarning 892 nafari sog‘aydi, bemorlarning 8 nafari vafot etgan.
Xabarlar.Uz Tahririyati
Maqolaga baho bering
0
Baholaganlar: 252
Reyting: 0
Teglar
Izohlar
t
×