Amerikada teleboshlovchi koronavirus haqida gapirayotganida yig‘lab yubordi

Olam 184
image
Amerikalik teleboshlovchi Xoda Kotb yangiliklar dasturida koronavirus haqida gapirayotganida yig‘lab yubordi, deb yozadi CNN.


Boshlovchini amerikalik futbolchi Dryu Bris bilan suhbat ta’sirlantirgan.
Qayd etilishicha, Dryu Bris koronavirusga qarshi kurashish va uning oqibatlarini bartaraf etish uchun Luiziana shtatiga besh million dollar ajratgan.
Kotb sportchining saxiyligi uchun minnatdorlik bildirib, uning bu ishi boshqalarga ham o‘rnak bo‘lishi mumkinligini aytgan. “Dryu, biz seni yaxshi ko‘ramiz!”, degan boshlovchi futbolchiga va ko‘zyoshlarini tiyib turolmagan.
Kotb yig‘lab yuborgani uchun tomoshabinlardan kechirim so‘ragan.


Avvalroq AQShda koronavirusni bezgakka qarshi dorilar bilan davolashga ruxsat berilgani haqida xabar berilgan edi. 31-mart kuni AQSh hukumati koronavirusning ikkinchi to‘lqini kuzda kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

Xabarlar.Uz Tahririyati
Maqolaga baho bering
0
Baholaganlar: 184
Reyting: 0
Teglar
Izohlar
t
×