O‘zbekistonda koronavirus bemorlarini davolashda yangi usuldan foydalaniladi

Jamiyat 521
image
O‘zbekistonda COVID-19 infeksiyasi og‘ir kechayotgan bemorlarni davolashda sog‘aygan bemorlar qon plazmasidan foydalanish bo‘yicha yangi usulning amaliyotga joriy etilishi kutilmoqda.

O‘zbekistonda koronavirusdan sog‘ayganlarning qon zardoblarini og‘ir ahvoldagi COVID-19 bemorlari quyish orqali virusga qarshi kurash usulini joriy etish boshlanadi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar qildi.

«Sog‘aygan fuqarolarimizning qon zardobi kasallikni boshidan kechirayotgan bemorlarimiz uchun nihoyatda bebaho bo‘lib, ularning ushbu xastalikni yengil o‘tkazishi va tezroq tuzalishlari uchun zamin bo‘lib xizmat qilishi mumkin», — deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, bu usulni mamlakatdagi bir qator tajribali olim va shifokorlar bilan kelishilgan holda joriy etish boshlanadi.
Xabarlar.Uz Tahririyati
Maqolaga baho bering
0
Baholaganlar: 521
Reyting: 0
Izohlar
t
×