Malibu va Tracker uchun chegirma e’lon qilindi

Jamiyat 273
image
UzAuto Motors kompaniyasi Malibu 1,5 va Tracker avtomobillariga chegirma e’lon qildi. Ushbu avtomollarni karantin davrida respublikamizning barcha avtosalonlarida chegirma asosida xarid qilish mumkin. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, bunda 100 foiz oldindan to‘lov amalga oshirgan xaridor Malibu 1,5 avtomobili uchun 5 foiz, Tracker uchun 10 foiz chegirmaga ega bo‘ladi. Ya’ni:
Malibu- 1,5 Turbo – 278 322 334 so‘m o‘rniga 265 000 000 so‘m
Tracker LT A/T –222 150 992 so‘m o‘rniga 199 000 000 so‘m
Tracker LT M/T –189 838 121  so‘m o‘rniga 170 000 000 so‘mga sotiladi.
Eslatib o‘tamiz, kecha ushbu modellarni muddatli to‘lov shartlari asosida xarid qilishingiz mumkinligi ma’lum qilingandi.
Mamlakatimizdagi epidemiologik davrda avtomobilni uydan chiqmasdan, onlayn rejimda xarid qilish mumkin.

Xabarlar.Uz Tahririyati
Maqolaga baho bering
0
Baholaganlar: 273
Reyting: 0
Teglar
Izohlar
t
×