Andijon yuqumli kasalliklar shifoxonasiga eski himoya kiyimlari berilgani haqidagi murojaatga SSV munosabat bildirdi

Jamiyat 187
image
Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasiga eski himoya kiyimlari berilgani, ular ham yetarlicha emasligi haqidagi murojaat tarqalgan edi.
Ushbu vaziyat viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi viloyat bo‘limi, «Koronavirus infeksiyasining Andijon viloyati hududiga kirib kelishi va tarqalishining oldini olish» bo‘yicha viloyat shtabi vakillari tomonidan o‘rganilganda yuqoridagi murojaat asossiz ekani ayon bo‘ldi, deb xabar bermoqda SSV matbuot xizmati.
Ma’lum qilinishicha, joriy yil mart oyi davomida viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi tizimidagi tibbiyot muassasalariga bir va ko‘p marotabalik ishlatiladigan himoya kiyimlari tarqatilgan.
«Kuni kecha Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan qo‘shimcha ravishda viloyat muassasalariga 3 ming donadan ziyod kombinezonlar yetkazib berildi. Shundan ehtiyojga qarab ming donasi viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga taqdim qilindi. Ushbu tibbiyot muassasasi boshqa zarur himoya vositalari bilan ham yetarli darajada ta’minlangan.
Eslatib o‘tamiz, ayni paytda Andijon viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasida 20 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlar davolanmoqda. Shifokorlarimiz ularga belgilangan standartlar bo‘yicha tibbiy xizmat ko‘rsatishmoqda», deyiladi xabarda.

Xabarlar.Uz Tahririyati
Maqolaga baho bering
0
Baholaganlar: 187
Reyting: 0
Teglar
Izohlar
t
×