telegram

logo

BOSH SAHIFA YANGILIKLAR SAYT HAQIDA ALOQA KIRISH AZO BO`LISH

Toshkentda “Soy bo‘yi” saylgohi tashkil etiladi

Olmazor tumanidagi Qorasaroy ko‘chasidan Taraqqiyot ko‘chasi bo‘ylab to Keles yo‘li ko‘chasigacha bo‘lgan “Damashi” kanalining qirg‘oqbo‘yi hududida “Soy bo‘yi” saylgohini tashkil etish loyihasi amalga oshirilmoqda. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Foto: “PV”

Loyihaga muvofiq, saylgoh hududida aholining dam olishi va sayl qilishi uchun mo‘ljallangan ko‘ngilochar xiyobonlar tashkil etiladi, umumiy ovqatlanish shahobchalari, maishiy xizmat ko‘rsatish muassasalari quriladi.

Nuroniylar uchun alohida maskan, kutubxona, dunyoga mashhur inshootlarning kichik maketlari hamda o‘ziga xos me’moriy yechimga ega boshqa bunyodkorlik namunalari foydalanishga topshirilishi ko‘zda tutilgan.

Qo'shdi: Admin
Qo'shilgan vaqt: 20.03.2019 / 22:56
O'qilgan: 74
Barcha fikrlar: 0
Fikr bildirish uchun Ro'yxatdan o'tish lozim!
Muhokamalar
REKLAMA
TOP YANGILIKLAR
Statistika