telegram

logo

BOSH SAHIFA YANGILIKLAR SAYT HAQIDA ALOQA KIRISH AZO BO`LISH

Xorazmda bir haftada 20 ta qo‘yni bo‘g‘izlagan yovvoyi itlardan biri o‘ldirildi (foto)

Turkmaniston chegarachilari tomonidan betaraf hududni tozalash maqsadida yoqib yuborilgan qamishzorlarlar orasida yashab kelgan yovvoyi itlar Shovot tuman hududiga o‘tib qarovsiz qolgan uy hayvonlariga hujum qilgan. Bu haqda “Daryo”ga Bosh Prokuratura matbuot xizmati rahbari Surayyo Rahmonova ma’lum qilgan.

Foto: Bosh Prokuratura

Mart oyi boshida yovvoyi itlar Xorazm viloyati, Shovot tumanida joylashgan, “Usta hunarmand” mahallasida yashovchi fuqaro D.Qurbonovning bir bosh echkisiga, fuqaro A.Karimovning bir bosh qo‘yiga, fuqaro M.Quryazovning bir bosh qo‘yiga hujum oqibatida hayvonlar nobud qilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, fuqaro R.Sobirov tomonidan qo‘lbola yasalgan temir qopqonga 16-mart tungi soat 03:00 larda yovvoyi itlardan bittasi qopqonga tushib o‘lgan. Qopqonga tushirilib o‘ldirilgan yovvoyi itning rangi qoramtir kulrang.

Foto: Bosh Prokuratura

R.Sobirov ushbu yovvoyi itni qopqonga tushirgan vaqtida ular ikkita bo‘lgan, hayvonlarning ikkinchisi oq rangda bo‘lib, qochib ketganligini bildirgan.

Hozirda holat yuzasidan tuman IIB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda. Shuningdek, viloyat ovchilar va baliqchilar jamiyat tomonidan mazkur yovvoyi itlarni ovlash choralari ko‘rilmoqda.

Bundan avval, o‘tgan haftada Xorazm viloyatining Shovot tumani Beruniy qishlog‘idagi “Usta-Hunarmand” mahallasida noma’lum yirtqich hayvon yigirmata qo‘yni o‘ldirgani haqida xabar bergandik.

Qo'shdi: Admin
Qo'shilgan vaqt: 25.03.2019 / 17:37
O'qilgan: 216
Barcha fikrlar: 0
Fikr bildirish uchun Ro'yxatdan o'tish lozim!
Muhokamalar
REKLAMA
TOP YANGILIKLAR
Statistika