telegram

logo

BOSH SAHIFA YANGILIKLAR SAYT HAQIDA ALOQA KIRISH AZO BO`LISH

Saudiyalik ayollar ko‘proq STEM sohalarini tanlamoqda

Saudiya Arabistonida kundan kunga ko‘proq xotin-qizlar ta’lim uchun ilm-fan, texnologiya, muhandislik va matematika (STEM) sohalarini tanlamoqda, deya xabar beradi “Azon.uz”.

Foto: “Azon.uz”

Muammo shundaki, ularni ish bilan ta’minlash lozim, deydi Ar-Riyoddagi Qirol Saud universiteti (King Saud University) kiberxavfsizlik mutaxassisi va ilmiy xodimi Doktor Fotima al-Aqil.

“Ayni paytda Qirollikda STEM sohasida ish o‘rinlari cheklangan. Zero, iqtisodiyot to‘g‘ridan to‘g‘ri neftga asoslangan va texnik sohada faqatgina ma’lum miqdorda ish bor”, — deydi u.

Saudiya Ta’lim Vazirligi tomonidan tayyorlangan hisobotga binoan, 2015—2016-yillarda bakalavr bitiruvchilarining 57 foiz qismi qizlarga to‘g‘ri kelgan. Ayni paytda biologiya, matematika va statistika, axborot texnologiyalari (IT) hamda fizika sohalarida ayol bitiruvchilar erkaklardan ko‘p bo‘lgan.

“Saudiyalik qizlarning STEM sohalarida ta’lim olishni tanlashlari keng tarqalgan holat. Saudiyalik ayollar intiluvchan va serg‘ayrat. Biz yuqori ta’lim olishni, yaxshi kasbda ishlashni istaymiz. Nima uchundir butun dunyo Saudiya ayollarini bu borada bir so‘z aytolmaydigan, zamondan ortda qolgan qabila vakillari deb hisoblashadi, hayronman. Bu mutlaqo xato fikr”, deydi Ar-Riyodda davlat kompaniyasida kichik axborot xavfsizligi tahlilchisi bo‘lib ishlaydigan 22 yoshli Maha at-Tolib.

Qo'shdi: Admin
Qo'shilgan vaqt: 25.03.2019 / 15:41
O'qilgan: 85
Barcha fikrlar: 0
Fikr bildirish uchun Ro'yxatdan o'tish lozim!
Muhokamalar
REKLAMA
TOP YANGILIKLAR
Statistika