telegram

logo

BOSH SAHIFA YANGILIKLAR SAYT HAQIDA ALOQA KIRISH AZO BO`LISH

“O‘zatom”: O‘zbekistondagi ilk AES quriladigan maydon 1 oy ichida aniq bo‘ladi

O‘zbekistondagi birinchi atom elektr stansiyasi qayerga qurilishi bir oy ichida aniq bo‘ladi. Bu haqda “O‘zatom” agentligi direktori Jo‘rabek Mirzamahmudov Sochida bo‘lib o‘tayotgan XI “Atomekspo” forumida ma’lum qildi, deb xabar berdi “Daryo” muxbiri Sevara Nishonova.

Foto: Google Images

Uning ma’lum qilishicha, MAGATE (Xalqaro atom  energetikasi agentli) tavsiyasiga ko‘ra, 2018-yilning oktabr oyidan boshlab O‘zbekistonda birinchi AES qurilishi uchun munosib maydon tanlash bo‘yicha muhandislik qidiruv ishlari oshirib kelinmoqda.

“Maydonlarni o‘rganish bo‘yicha barcha ishlar yakunlandi. Hisobot tayyorlandi. Hozirda ushbu hisobot bizning ‘Rosatom’dagi hamkorlarimiz tomonidan o‘rganilmoqda.  O‘rganishlar asosida maydon tanlanadi hamda AESning texnik loyihasi bo‘yicha muhandislik qidiruv ishlari boshlanadi.

Ushbu ma’lumotlar asosida AES quriladigan maydonning atrof-muhitga ta’siri baholanadi, baholash jarayoni esa o‘rnatilgan tartibda ekspertiza va ommaviy eshituvlardan o‘tkazilishi kerak”, — deydi Mirzamahmudov.

“O‘zatom” agentligi direktori shuningdek, O‘zbekiston nima uchun atom elektr stansiyasi qurishga qaror qilgani haqida ham so‘zlab berdi:

“Biz nima sababdan atom dasturini boshlashga qaror qilganimiz haqida bir necha oddiy fikr aytaman. Bu qaror qandaydir ‘moda’ ortidan quvib qabul qilinmadi. Bu— chin ma’noda iqtisodiy qaror.

Bizda tabiiy gaz ko‘p va biz uni qayta tiklanuvchi energiya manbalari olish uchun ishlatishni rejalashtirmoqdamiz. Gidro, shamol va quyosh elektr stansiyalari ishlamoqda. Biroq aholi soni yildan-yilga ortib bormoqda va bizning baholashlarimizga ko‘ra bu choralar kelgusida talabni qondirish uchun yetarli bo‘lmaydi. Shuning uchun ham kelgusidagi elektr energiyasiga bo‘lgan talabni qondirish choralaridan biri sifatida atom elekrt stansiyasini qurishga qaror qildik.

Yana bir muhim sabablardan biri gaz, neft va boshqa resurslar mavjudligiga qaramay , kun kelib kamayishi mumkin. Yangi avlod atom elektr stansiyalari esa yuz yil ishlashga qodir. Bu uzoq muddatli kelajakni rejalashtirish, ilm-fan, mehnat resurslari va boshqa sohalar rivojlanishi uchun turtki

Hozirda biz atom energetikasi — xavfsiz, ishonchi, ekologik va   sarf nuqtayi nazaridan samarali energiya manbasi ekanligiga amin bo‘lmoqdamiz”, — deydi Jo‘rabek Mirzamahmudov.

Qo'shdi: Admin
Qo'shilgan vaqt: 15.04.2019 / 19:05
O'qilgan: 3
Barcha fikrlar: 0
Fikr bildirish uchun Ro'yxatdan o'tish lozim!
Muhokamalar
REKLAMA
TOP YANGILIKLAR
Statistika