telegram

logo

BOSH SAHIFA YANGILIKLAR SAYT HAQIDA ALOQA KIRISH AZO BO`LISH

O‘zbek OTMlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash uchun 60,5 mln dollar ajratiladi

Oliy ta’lim tizimida Islom taraqqiyot banki investitsiya mablag‘lari hisobiga amalga oshirilayotgan “Oliy ta’lim muassasalarini moddiy-texnik bazasini mustahkamlash” loyihasi ish faoliyatini boshladi. Bu haqda Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligining “Edu.uz” Telegram kanali xabar berdi.

Foto: “Edu.uz” Telegram kanali

Loyihaning umumiy qiymati 60,5 million dollar miqdorida bo‘lib, bunda Islom taraqqiyot banki mablag‘lari 47,72 million dollar va O‘zbekiston ulushi 12,81 million dollarni tashkil qiladi.

Loyihaning asosiy maqsadi respublika miqyosida 50 ta OTMni zamonaviy o‘quv-laboratoriya jihozlari bilan ta’minlashdan iborat.

Qo'shdi: Admin
Qo'shilgan vaqt: 15.04.2019 / 19:03
O'qilgan: 3
Barcha fikrlar: 0
Fikr bildirish uchun Ro'yxatdan o'tish lozim!
Muhokamalar
REKLAMA
TOP YANGILIKLAR
Statistika