telegram

logo

BOSH SAHIFA YANGILIKLAR SAYT HAQIDA ALOQA KIRISH AZO BO`LISH

Sirdaryoda noqonuniy olib o‘tilayotgan alkogol ichimligi aniqlandi

“Sirdaryo” chegara bojxona postida noqonuniy olib o‘tilayotgan alkogol ichimligi aniqlandi, bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi “Daryo”ga ma’lum qildi.

Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi

Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasi Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar guruhi mutaxassislarining ma’lumotiga ko‘ra, joriy yilning 14-aprel kuni Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasi “Sirdaryo” chegara bojxona posti “Oqoltin” bojxona punkti orqali Qozog‘iston davlatidan mamlakatga piyoda o‘tayotgan O‘zbekiston fuqarosi X.F. ismli shaxsning harakati bojxona xodimlarida shubha uyg‘otdi. U xodimlar tomonidan to‘xtatilib, unga tegishli bo‘lgan yuklar xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi. Xalta ichidan xorijda ishlab chiqarilgan, sifati kafolatlanmagan, umumiy qiymati 840 ming so‘mlik, 28 dona umumiy miqdori 14 litr bo‘lgan “Shimkentskoye” nomli pivo alkogol ichimligi borligi aniqlandi.

Ushbu holatda mamlakat fuqarosi F.X. tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 6-fevraldagi “Jismoniy shaxslar tomonidan bojxona chegarasi orqali tovarlarni olib o‘tilishini yanada tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-iyundagi “Jismoniy shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasiga tovarlarni olib o‘tish tartibini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi va 2018-yil 16-oktabrdagi “Jismoniy shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegarasining avtoyo‘l (yo‘lovchi), temir yo‘l va daryo o‘tkazish punktlari orqali bojxona to‘lovlari undirilmaydigan ayrim tovarlarni olib o‘tishning miqdor normalariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi qarorlarida belgilangan me’yor talablari buzilgan.

Ushbu holat yuzasidan surushtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Qo'shdi: Admin
Qo'shilgan vaqt: 15.04.2019 / 18:51
O'qilgan: 5
Barcha fikrlar: 0
Fikr bildirish uchun Ro'yxatdan o'tish lozim!
Muhokamalar
REKLAMA
TOP YANGILIKLAR
Statistika