telegram

logo

BOSH SAHIFA YANGILIKLAR SAYT HAQIDA ALOQA KIRISH AZO BO`LISH

“O‘zavtosanoat” 2019-yil I choragida qariyb 60 mingta yengil avtomobil ishlab chiqardi

2019-yil I chorakda tarmoq korxonalari tomonidan umumiy qiymati 7 588,3 mlrd so‘mdan ziyod tovar mahsulotlari ishlab chiqarildi. Bu haqda “O‘zavtosanoat” matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Foto: “Korrespondent.uz”

Ushbu davr mobaynida 59,5 mingta yengil avtomobil ishlab chiqarilgan bo‘lib, bu o‘tgan yil bilan solishtirganda 51,4 foizga ko‘proq deganidir. Shuningdek, 990 ta Isuzu avtobusi va yuk mashinasi, 317 ta MAN avtobusi va yuk mashinasi va 414 ta KamAZ yuk mashinasi konveyerdan chiqdi.

Tarmoq korxonalari tomonidan, shuningdek, umumiy qiymati 5 175,3 mlrd so‘mlik xalq iste’moli tovarlari chiqarildi, 2018-yil I choragiga nisbatan o‘sish sur’ati 166,6% bo‘ldi.

Qo'shdi: Admin
Qo'shilgan vaqt: 15.04.2019 / 18:39
O'qilgan: 6
Barcha fikrlar: 0
Fikr bildirish uchun Ro'yxatdan o'tish lozim!
Muhokamalar
REKLAMA
TOP YANGILIKLAR
Statistika