telegram

logo

BOSH SAHIFA YANGILIKLAR SAYT HAQIDA ALOQA KIRISH AZO BO`LISH

Voronejda qizlarni zo‘rlab kelgan bir guruh o‘zbekistonliklar jazolandi

Rossiyaning Voronej shahrida qizlarning nomusiga tekkan uch nafar o‘zbekistonlik sud qilindi. Bu haqda shaharning Markaziy tuman sudi matbuot xizmatiga tayanib, Sputnik xabar qildi.

Foto: Reuters

Xabarda yozilishicha, uch nafar O‘zbekiston fuqarosi 2017-yilning sentabr oyida Voronej shahrida oldindan til biriktirib, jinoyat sodir etishga kelishib olgan. Jinoyatchilar 19 yoshdan 25 yoshgacha bo‘lgan to‘rt nafar qizlarga nisbatan bosqinchilik va nomusga tegish jinoyatlarini sodir etgan.

Sud jinoyatchilarni ushbu jinoyatlarni sodir etishda aybdor deb topdi. Sud hukmiga ko‘ra, ulardan biriga o‘n yil, ikkinchisiga to‘qqiz yil, uchinchisiga esa to‘rt yil-u olti oy ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

Bundan tashqari, jabrlanuvchilar foydasiga ikki million rubldan ortiq ma’naviy zarar va 22 ming rubl moddiy zarar undirilgan.

Qo'shdi: Admin
Qo'shilgan vaqt: 15.04.2019 / 18:15
O'qilgan: 19
Barcha fikrlar: 0
Fikr bildirish uchun Ro'yxatdan o'tish lozim!
Muhokamalar
REKLAMA
TOP YANGILIKLAR
Statistika