telegram

logo

BOSH SAHIFA YANGILIKLAR SAYT HAQIDA ALOQA KIRISH AZO BO`LISH

Poytaxtda “Raqamli Toshkent” loyihasi ishga tushiriladi

Yaqinda poytaxtda “Raqamli Toshkent” loyihasi bo‘yicha ish olib borilishi mo‘ljallanmoqda, deb xabar berdi Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati.

Loyiha turli sohalarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining imkoniyatlaridan keng va samarali foydalanishni ta’minlash maqsadida amalga oshiriladi.

Foto: Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati

Toshkent shahar hokimligida tegishli soha mutaxassislari ishtirokida ushbu dasturiy ta’minot taqdimoti va muhokamasi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda shahar infratuzilmasiga daxldor barcha sohalar xususan, moliya-iqtisodiyot, tibbiyot, ta’lim, uy-joy xo‘jaligi, turizm va transport tizimida ilg‘or texnologiyalarni qo‘llash zarurati, yo‘nalishi ko‘rib chiqilgan.

Bunday sinov loyihalari oilaviy poliklinikalarda qo‘llanilayotgani, kommunal xizmat ko‘rsatish va transport tizimida ham bir necha dasturiy ta’minot mahsulotlari joriy etilishi ko‘zda tutilayotgani ma’lum qilingan.

Qo'shdi: Admin
Qo'shilgan vaqt: 15.04.2019 / 18:10
O'qilgan: 4
Barcha fikrlar: 0
Fikr bildirish uchun Ro'yxatdan o'tish lozim!
Muhokamalar
REKLAMA
TOP YANGILIKLAR
Statistika