telegram

logo

BOSH SAHIFA YANGILIKLAR SAYT HAQIDA ALOQA KIRISH AZO BO`LISH

Toshkentda Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi sobiq rahbariyati ustidan sud boshlandi

Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudida Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi sobiq rahbariyatiga nisbatan jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha ochiq sud jarayoni boshlandi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Foto: “Gazeta.uz”

Sudlanuvchilar R. Ibragimov (1966-yilda Andijon viloyatida tug‘ilgan, millati o‘zbek, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, ma’lumoti oliy, oilali, muqaddam sudlanmagan, Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi boshlig‘i lavozimida ishlagan), U. Nazarov (1977-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, millati o‘zbek, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, ma’lumoti  oliy, oilali, muqaddam sudlanmagan, Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishlagan), A. Abdullayev (1983-yilda Andijon viloyatida tug‘ilgan, millati o‘zbek, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, ma’lumoti oliy, oilali, muqaddam sudlanmagan, Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi Fuqarolarni chet elda ishga joylashtirish masalalari departamenti Chet elda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish istagida bo‘lganlarni topish va ro‘yxatga olish bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlagan) va O. Maxsudov (1970-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, millati o‘zbek, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, ma’lumoti oliy, oilali, muqaddam sudlanmagan, Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi Jo‘nab ketishdan oldingi moslashtirish va o‘qitish markazi direktori lavozimida ishlagan)ga nisbatan jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha ochiq sud jarayoni boshlandi.

Mazkur jinoiy ish jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudi sudyasi Orifjon Qilichev raisligida ko‘rib chiqilmoqda.

Sudlanuvchilar O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 210 (pora olish), 211 (pora berish), 243 (jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish) va 278-2 (kompyuter axborotidan qonunga xilof ravishda (ruxsatsiz) foydalanish) moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanmoqda.

Sud jarayoni davom etmoqda.

Bosh prokuratura 2018-yil noyabrda Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi mansabdorlariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘agan edi.

Qo'shdi: Admin
Qo'shilgan vaqt: 15.04.2019 / 17:55
O'qilgan: 5
Barcha fikrlar: 0
Fikr bildirish uchun Ro'yxatdan o'tish lozim!
Muhokamalar
REKLAMA
TOP YANGILIKLAR
Statistika