XABARLAR.UZ

BOSH SAHIFA YANGILIKLAR SAYT HAQIDA ALOQA KIRISH AZO BO`LISH

Rossiyada Xorvatiyadan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng qamoqxona nozirlari mahbuslarni kaltaklagan

*

Zabaykale o'lkasidagi 5-koloniya mahbuslari JCh-2018da Rossiya terma jamoasining Xorvatiyadan uchragan mag'lubiyatidan so'ng (2:2, 3:4 - pen) qamoqxona nozirlari ularni kaltaklaganlari borasida shikoyat qilganlar.

Bu haqda "Meduza" nashri yurist Anastasiya Kopteeva va advokat Alan Semiguzovga tayanib xabar bergan.

Xabarga ko'ra, jabrlanganlarning birining aytishicha, koloniya xodimlaridan spirtli ichimlaikning xidi anqib turgan. Uni kaltaklashgan va elektroshoker bilan qiynashgan. Uning fikricha, nozirlar Rossiya termasining Xorvatiyadan mag'lubiyati alamini shunday yo'l bilan olishgan.

"Ularning hammasi mast holda bo'lishgan. Ular Rossiya terma amoasining Xorvatiyadan uchragan mag'lubiyatidan g'azabga kelganlar va ko'rinishidan, alamlarini shu yo'l bilan olishgan", - deb yozadi Aleksandr Noxrin ismli mahbus.

Kaltaklashda besh nafar nozir ishtirok etgan. Yana bir necha mahbus ham kaltaklangan.
Fikrlar: 0
REKLAMA
TOP YANGILIKLAR
Statistika